Jahon | 08:50 / 15.09.2015
9759
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Suriyadagi fuqarolik urushi Amerikagacha “yetib boradi”

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyatining tashqi siyosati nafaqat Yevropa davlatlarini, balki AQShning o‘zini ham falokatli oqibatlarga olib keldi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

“Obama amerikaliklarga Suriyadagi fuqarolik urushidan chetda qolishga va'da bergan edi, biroq Suriyadagi urush Amerikadan chetda qolmaydi. Oq uy endi Obama AQSh 2016 yilda 10 ming suriyalik qochqinni qabul qilishni istayotganini ma'lum qildi”, deb yozmoqda nashr.

Nashrning tushuntirishicha, bu miqdor AQSh hududida joylashtirilgan qochqinlar miqdoridan 6 marta ko‘proqni tashkil qiladi va shu bilan birga yil oxirigacha yangi qochqinlarning kelishi ehtimoli mavjud.

Maqola muallifining yozishicha, AQSh o‘n minglab qochqinlarni joylashtirishni talab qilishni boshlaydigan “qamal qilingan Yevropa” bosimiga uchraydi.

“Amerikaliklar himmatlidir va AQSh aks holda o‘ldirilishlari mumkin bo‘lgan odamlarni qabul qilishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Biroq “IShID” va “Al-Qoida” boshpana qidirayotganlar orasida o‘z agentlarini o‘tkazishga harakat qilishlari mumkin.  Bu uchun esa ayb Obama ma'muriyati zimmasiga tushadi”, deb aytilmoqda nashrda.

Nashrning nuqtai nazariga ko‘ra, bularning barchasi Obamaning falokatli tashqi siyosatining “achchiq mevalaridir” hamda “AQSh jahon inqirozlaridan hech qanday oqibatlarsiz keta olishi mumkinligi haqidagi xomxayollardir”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish