Sport | 15:24 / 16.09.2015
3711
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yilgi Yozgi Olimpiada mezbonligi uchun 5ta shahar ariza topshirdi

Parij, Rim, Los-Anjyeles, Budapesht va Gamburg shaharlari 2024 yilgi Yozgi Olimpiadani qabul qilish uchun da'vogarlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ)matbuot xizmati xabar tarqatgan.

XOQ ilk marta nomzod shaharlarning Olimpiada mezbonligiga tayyorgarlik bo‘yicha hujjatlarini ommaga e'lon qildi. Arizalarni qabul qilish 16 sentabr Toshkent vaqti bilan soat 03:00da to‘xtatildi. 

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi da'vogar shaharlar ro‘yxatini 2016 yilning aprel-may oylarida tasdiqlaydi. XXXIII Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan shahar nomi 2017 yilda Lima shahri (Peru)da o‘tkaziladigan XOQning sessiyasida e'lon qilinadi.

XOQ 2024 yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasiga 1,7 mlrd dollar ajratgan.

Bundan oldinroq, Boston shahri olimpiada mezbonligi uchun kurashdan chiqqan, bu shahar o‘rniga Loj-Anjyeles ariza topshirgandi. Shuningdek, Kanadaning Toronto shahri ham Olimpiadani o‘tkazishga tayyor emasligini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, hozirgi da'vogar shaharlardan 3tasi avval ham Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan, Parijda 1900 va 1924 yillarda, Loj-Anjyelesda 1932 va 1984 yillarda, Rimda esa 1960 yilda Yozgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish