Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Air Canada samolyoti uchuvchisi kuchuk hayotini saqlab qolish uchun reysni to‘xtatdi
Tel-Avivdan Torontoga parvoz qilayotgan Air Canada samolyoti uchuvchisi kuchuk xavfsizligi uchun parvozni to‘xtatdi.
CityNews`ning ma'lum qilishicha, Atlantika okeani ustidan uchib o‘tish vaqtida uchuvchi yuk bo‘lmasida harorat bilan bog‘liq muammoni payqab qoladi va u yerdagi yo‘lovchilardan biriga tegishli fransuz buldogining hayotiga xavf tug‘ilgani sababli samolyotni ortga qaytarib, Frankfurtga qo‘ndirdi.
Yerga qo‘nganidan so‘ng Simba laqabli it o‘z xo‘jayini bilan Kanadaga sayohatni boshqa samolyotda davom ettirdi.
Jonivorning egasi reysni bekor qilish haqida qaror qabul qilgan uchuvchiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Aviatsiya bo‘yicha eskpert Fil Darbining fikricha, qo‘shimcha 10 ming dollar sarf-xarajat va 75 daqiqa ushlanib qolganligiga qaramasdan, uchuvchi samolyotni ortga qaytarib to‘g‘ri qaror chiqargan. “Tashqarida havo 50-60 daraja sovuq bo‘lsa, yuk bo‘limidagi harorat izolyatsiyani hisobga olgan taqdirda ham 0 darajadan tushib ketishi mumkin. Uchuvchi esa samolyot bortidagi barchaning hayoti uchun, u xoh inson, xoh it bo‘lsin, javobgar”, – dedi Darbi.
Samolyotdagi nosozlik bartaraf etilganidan so‘ng Torontoga parvozni davom ettirgan.