Jahon | 00:44 / 16.09.2015
4440
1 daqiqa o‘qiladi

Asad Yevropani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishga chaqirdi

Suriya prezidenti Bashar Asad Yevropa davlatlari qochqinlar muammosini haqiqatda hal qilishni istashsa, unda Yaqin Sharqda terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishlari kerak, deb aytdi. Bu haqda Sputnik nashri xabar bermoqda.

“Masala Yevropa qochqinlarni qabul qilishi yoki qilmasligida emas, balki bu muammoning asl sabablarini bartaraf etishdan iborat. Agar yevropaliklarni qochqinlar taqdiri tashvishga solayotgan bo‘lsa, unda ular terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishsin. Bu ushbu muammo bo‘yicha bizning fikrimiz. Qochqinlar masalasi tub ma'nosi shundan iborat”, deb aytdi Asad rossiyalik jurnalistlarga Damashqda bergan intervyusida.

Qayd etilishicha, Asad intervyu davomida Suriyadagi barcha kuchlarni terrorchilikka qarshi kurashga chaqirdi va Suriyadagi siyosiy kelishuv jarayoni muvaffaqiyati mamlakatda terrorchilik ustidan g‘alabadan keyin mumkin bo‘lishi haqidagi fikrni bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish