Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: Turkiya va Saudiya bir paytning o‘zida ham terrorchilikka qarshi, ham uning tarafdori bo‘lib ko‘rinmoqda
Suriyaning rasmiy rahbari Bashar Asad Rossiyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari, jumladan, Rossiya TV, NTV, “Pervyy kanal”, RT telekanallari, “Rossiya segodnya”, TASS, Interfaks agentliklari, “Rossiyskaya gazeta” nashrlari bilan suhbat o‘tkazdi.
U rossiyalik jurnalistlarni qiziqtirayotgan ko‘plab savollarga javob berdi.
AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlarining IShIDga qarshi harbiy koalitsiyaga baho berarkan, Suriyaning rasmiy yetakchisi ushbu birlashmaning xatti-harakatlarida ziddiyatlar mavjudligini e'tirof etdi.
“Bizga shu ayonki, koalitsiya turli yo‘nalishlarda, lekin birinchi navbatda terrorchilarga qarshi jang maydonida harakat qilishi kerak.
Bunday koalitsiya terrorchilikka qarshi kurashga ishonadigan davlatlar tomonidan tuzilishi mantiqan to‘g‘ridir. Hozirgi vaziyatda bir tomon ham terrorchilikni yoqlashi, ham unga qarshi kurashishi g‘alatidir. Lekin Turkiya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni singari davlatlar aynan shunday yo‘l tutmoqda”, - dedi Asad.
Uning fikricha, bu davlatlar aksilterror koalitsiyasining bir qismi deb o‘zini ko‘rsatib, ayni paytda Suriyadagi terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.