Jahon | 14:17 / 16.09.2015
3131
2 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad: Damashq va Qohiraning munosabatlari hech qachon uzilgan emas

Suriyaning rasmiy rahbari Bashar Asad Rossiyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari, jumladan, Rossiya TV, NTV, “Pervyy kanal”, RT telekanallari, “Rossiya segodnya”, TASS, Interfaks agentliklari, “Rossiyskaya gazeta” nashrlari bilan suhbat o‘tkazdi. U rossiyalik jurnalistlarni qiziqtirayotgan ko‘plab savollarga javob berdi.

U terrorchilikka qarshi kurash borasida Suriya hukumati Misr bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotganini alohida qayd qilib o‘tdi.
“Suriya va Misr o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yillar davomida ham uzilib qolmadi, - dedi Asad. – Hatto Misr prezidenti “Musulmon birodarlar” terrorchi guruhi vakili Muhammad Mursiy bo‘lganida ham. Shunga qaramay, Misrning turli idoralari o‘zaro munosabatlarning u yoki bu darajada saqlanishini talab qilgan edi.

Birinchidan, bu misrliklar Suriyada nimalar bo‘layotganini yaxshi tushunib turibdi demak. Ikkinchidan, bizning kurashimiz umumiy dushmanga qarshi kurash ekanligidan. Albatta, hozir terrorchilik Liviya, Misr, Yaman, Suriya, Iroq, ayrim boshqa davlatlarda tarqaldi, bular orasida Pokiston va Afg‘oniston singari islom davlatlari ham bor. Shu bois bu borada Misr bilan qarashlarimiz umumiy. To‘g‘ri, hozircha munosabatlarimiz xavfsizlik organlari darajasida qolmoqda”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish