Jahon | 11:43 / 16.09.2015
2396
2 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad: Suriya siyosiy kuchlari xalq manfaatlari atrofida birlashishi lozim

Suriyaning rasmiy rahbari Bashar Asad Rossiyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari, jumladan, Rossiya TV, NTV, “Pervyy kanal”, RT telekanallari, “Rossiya segodnya”, TASS, Interfaks agentliklari, “Rossiyskaya gazeta” nashrlari bilan suhbat o‘tkazdi. U rossiyalik jurnalistlarni qiziqtirayotgan ko‘plab savollarga javob berdi.

“Suriyaning ham hukumat ichidagi, ham hukumatdan tashqaridagi siyosiy kuchlari Suriya xalqi talablari atrofida birlashishi shart, - dedi u. – Agar bugun har qanday suriyalikdan nimani xohlashini so‘rasangiz, u xavfsizlik va barqarorlikni istashini ta'kidlaydi”.

“Biz dialogni davom ettirishimiz kerak, - so‘zida davom etdi Asad. - Suriya, Moskva, Jyenevada ichki dialogning bir necha raundlari o‘tkazildi. Ammo biz muvaffaqiyatga erishgan yagona bosqich Moskva-2 bo‘ldi. Bu oldinga qadam bo‘ldi, endi biz Moskva-3ni kutmoqdamiz. O‘ylaymanki, terrorchilikka qarshi kurash bilan bir paytda Suriyaning turli siyosiy kuchlari va partiyalari o‘rtasida muloqotni davom ettirish va shu yo‘l bilan mamlakatning kelajak taqdiri borasida bir to‘xtamga kelish lozim”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish