20:50 / 16.09.2015
2570

«Bunyodkor» o‘z maydonida ham «Paxtakor»ni yengdi va O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqdi

Bugun, 16 sentabr kuni O‘zbekiston Kubogi yarim finalining ikkinchi o‘yini ham bo‘lib o‘tdi. "Bunyodkor" klubi o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘olib chiqib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 25 daqiqada urildi. Yosh hujumchi Eldor Shomurodov "Paxtakor" himoyasi va darvozabon Aleksandr Lobanov yo‘l qo‘ygan xatodan unumli foydalanib, aniq zarba bilan hisobni ochdi. Shundan so‘ng "qaldirg‘ochlar" so‘nggi daqiqalarga qadar tartibli ravishda himoyalanib, qarshi hujumlar tashkil qilish orqali o‘yinni davom ettirishdi.

Uchrashuv oxiriga qadar ushbu hisob o‘zgarmadi va "Bunyodkor" O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqdi. Eslatib o‘tamiz, kecha "Nasaf" xuddi shunday hisobda "Lokomotiv"ni mag‘lub etib, finalga chiqqan edi.

O‘zbekiston kubogi
Yarim final. Javob uchrashuvi
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:0
Gol: Shomurodov 25
"Bunyodkor": 12.Zuhurov 2.Shorahmedov 4.Karimov (S) 5.Jo‘rayev 7.Zuagi 9.Sato 13.Miloshevich 17.Hamdamov 19.O‘rinboyev 39.Shomurodov 48.Komilov
"Paxtakor": 12.Lobanov 2.Krimets 4.Oraxovats 5.Ismatullayev 6.Holmuhammedov 7.Maxaradze (S) 8.Karimov 9.Masharipov 11.Sergeyev 15Sohibov 28Andreyev
Birinchi uchrashuv: 3:2

Top