Texnologiya | 09:13 / 16.09.2015
1745
1 daqiqa o‘qiladi

Tsukerberg Facebook’da “dislayk” tugmasini yaratishga va'da berdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg foydalanuvchilar bilan muloqotning navbatdagi sessiyasi chog‘ida tarmoqqa “dislayk” tugmasini kiritishga va'da berdi. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.

Ko‘p yillardan buyon Tsukerberg bunday funksiyani joriy qilishdan bosh tortib kelayotgan edi. Bu bilan, uning fikricha, foydalanuvchilar boshqalarga hurmatsizlik qilishi mumkin. Endilikda buning yechimi topilgan ko‘rinadi – bo‘lajak “dislayk” tugmasi hamdardlik bildirishga xizmat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish