Jahon | 01:05 / 16.09.2015
11035
2 daqiqa o‘qiladi

Daniyada bir qiz “IShID” vahshiyliklaridan ta'sirlanib onasini o‘ldirib qo‘ydi

Daniyada 15 yoshli qiz o‘zining do‘sti bilan birga onasini o‘ldirib qo‘ygan shov-shuvga sabab bo‘lgan qotillik bo‘yicha jazo hukmi chiqarildi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 15 yoshli Liza Borx ismli qiz va uning radikal islomni qo‘llab-quvvatlovchi 29 yoshli yigiti Baxtiyor Muhammad Abdulloh qizning onasiga 20 martaga yaqin pichoq sanchib, uni o‘ldirishgan. Tergov davomida qotillikdan avval yigit bir necha soatlab YouTube videoportalida “IShID” terrorchilik guruhining qatl qilish jarayonlari aks etgan videolarni tomosha qilib o‘tirgani ma'lum bo‘lgan.

Qotillikdan keyin qizning o‘zi politsiyani chaqirtirgan va onasining chinqirig‘ini eshitib, "qandaydir oq tanli odam!ning qochib ketayotganini ko‘rgani haqida aytib, yolg‘on ma'lumot bergan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot muassasalari xodimlari qizni mehmonlar uchun mo‘ljallangan xonada hech narsa bo‘lmagandek telefonda o‘yin o‘ynab, video tomosha qilib o‘tirgan alfozda ko‘rishgan.

Sud hukmiga ko‘ra, Borx 9 yilga, uning yigiti esa 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi va jazoni o‘tab bo‘lgach, mamlakatdan chiqarib yuborilishi belgilandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish