Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:28 / 16.09.2015
3558
1 daqiqa o‘qiladi
Dushanbeda Tojikiston islom uyg‘onishi partiyasi yetakchilaridan biri qo‘lga olindi
Tojikiston xavfsizlik organlari xodimlari tomonidan Dushanbe aeroportida Tojikiston islom uyg‘onishi partiyasi yetakchilaridan biri Saidumar Husayniy qo‘lga olindi. Bu haqda jurnalistlarga partiya raisi o‘rinbosari Mahmadali Hait ma'lum qildi.
Uning aytishicha, Husayniy Olma-Otaga uchib ketishi lozim bo‘lgan, ammo qo‘lga olinib, ayni paytda tergov izolyatorida saqlanmoqda.
“Uning qo‘lga olinish sabablarini bilmaymiz, - dedi Hait. – Husayniy Qozog‘istonga bir haftaga borib kelishi kerak edi, ammo u samolyotdan tushirib qoldirilgan”.