Jahon | 08:09 / 16.09.2015
2103
1 daqiqa o‘qiladi

YeI davlatlari tashqi ishlar vazirlari 22 sentabr kuni shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi

Yevropa Ittifoqi davlatlarining tashqi ishlar vazirlari 22 sentabr kuni mavjud muhojirlar muammosini muhokama qilish uchun yig‘ilishadi.

Ushbu majlisda 120 ming muhojirga joy topib berish va Germaniyada joylashgan muhojirlarning taqdiri muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Biroz oldinroq, Yevrokengash rahbari Donald Tusk YeI davlatlari rahbarlarining navbatdan tashqari sammitini chaqirish niyatida ekani ma'lum qilingandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan Yevropaga kirib kelgan muhojirlar soni 500 ming nafarga yetdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish