09:01 / 16.09.2015
3266

Gruziya Rossiyaning faolligidan cho‘chib, NATOga kirishga intilmoqda

Gruziya Rossiyaning faolligi hamda Ukrainadagi vaziyatdan xavotirdaligini bildirib, NATOga qo‘shilishi jarayonini tezlashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Biz NATOning Varshavada o‘tadigan navbatdagi sammitida Gruziya masalasi ko‘rib chiqilishini so‘raymiz, - dedi Gruziya mudofaa vaziri Tinatin Xidasheli Londondagi chiqishida. – Biz NATOga kirishda Chernogoriya bilan bitta guruhda bo‘lishni istaymiz. Biz a'zolikka umid qilmoqdamiz, Rossiya tufayli bunga intilmoqdamiz. Hozir biz Ukrainada nima bo‘layotganini ko‘rib turibmiz, Moldovada nima bo‘lishi mumkinligini tushunamiz va Gruziya keyingi navbatda turganligini ham bilamiz”.

G‘arb davlatlari bo‘ylab turne o‘tkazayotgan Xidasheli Vashingtonda AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha maslahatchisi Viktoriya Nuland bilan uchrashib, ikki mamlakatning harbiy hamkorligini muhokama qildi.

Top