20:34 / 16.09.2015
4233

Kitobdagi firma ikkita kreditga bitta mashinani garovga qo‘ygani ma'lum bo‘ldi

Qashqadaryoning Kitob tumanidagi “Farangiz durdonasi” xususiy firmasi ikkita joydan kredit olib, garov sifatida har ikki joyga bitta mashinani qo‘ygani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar berdi.

Aytilishicha, “Mikrokreditbank”dan 24 mln so‘m kredit olishda garov sifatida fuqaro Salima Sobirovaga tegishli Nexia avtomashinasi qo‘yilgan.

30 mln so‘m miqdoridagi navbatdagi kreditni olishda ham aynan shu mashina garovga qo‘yildi. Garchi ilgarigi qarzlar to‘lanmagan bo‘lsa-da, qarz to‘liq o‘tab bo‘linganlagi haqida soxta hujjat bankka taqdim etilgan.
Voqea yuzasidan ish olib borilmoqda.

Top