Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Enrike: YeChLda qatorasiga 2 marta g‘olib chiqish imkoni ulkan ishtiyoq beradi
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi doirasida "Roma"ga qarshi kechadigan o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men oradan bir necha yil o‘tgach, yana Rimga qaytdim va endi menda ko‘proq tajriba bor. Bu shahardan yaxshi xotiralar qolgan.
Chempionlar ligasida qatorasiga ikki marta g‘olib chiqish imkoniyati - ulkan ishtiyoq beradi. Hozir hech qanday bosim his qilmayapman, ammo ishtiyoq katta. Ilgari bu ishni hech kim uddalay olmaganini yoddan chiqarmaymiz", - deydi Luis Enrike.
Ma'lumot uchun, Enrike 2011-2012 yillar mavsumida aynan "Roma" jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlagandi.