Lyuk Shou "PSV"ga qarshi o‘yinda tizzasini sindirib oldi
"Manchester Yunayted" jamoasi himoyachisi Lyuk Shou YeChL guruh bosqichining birinchi turida "PSV"ga qarshi o‘tkazilgan safar o‘yinining 15-daqiqasida jarohat oldi va noma'lum muddatgacha safdan chiqdi.
20 yoshli ushbu futbolchiga maydonda 10 daqiqa davomida yordam ko‘rsatilgan va keyin Eyndxovendagi shifoxonaga olib ketilgan.
Daily Telegraph nashri jurnalisti Mark Ogdenning xabar berishicha, Shouning o‘ng oyog‘i ikki joyidan singan.
Ertaga futbolchi Manchesterdagi shifoxonagan operatsiya qilinish uchun olib kelinadi.
"PSV" bilan o‘yinning 15-daqiqasida raqib jarima maydoniga yorib kirgan Shoudan Ektor Moreno to‘pni olib qo‘ygan vaziyatda u maydonga quladi. 10 daqiqalik tanaffusdan keyin uni maydondan olib chiqib ketishgach, uning o‘rniga Markos Roxo tushirildi.
Bu o‘yinda "MYu" 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.