Jamiyat | 14:47 / 16.09.2015
3369
1 daqiqa o‘qiladi

Maksim Galkin “Pervyy kanal”ga qaytadi

Rossiyalik taniqli komik va aktyor Maksim Galkin 7 yillik tanaffusdan so‘ng “Pervyy kanal”ga qaytadigan bo‘ldi. 38 yoshli qiziqchi “Toch-v-toch” shousining yulduziga aylandi.

Galkining rafiqasi Alla Pugachyovaga yaqin manbalardan ma'lum bo‘lishicha, Galkin shouning boshlovchisi bo‘lmaydi. U shouning doimiy va to‘laqonli ishtirokchisi bo‘lib, har bir sonda turlicha qiyofalarda chiqadi.

2008 yili qiziqchi kanalni sirli shart-sharoitlarda tark etgan edi. O‘sha payti kanalning eng yuqori reytingli loyihasi bo‘lgan “Kto xochet stat millionerom?” ko‘rsatuvini tark etgan boshlovchi raqobatchi “Rossiya” telekanaliga o‘tgan edi. Uning bu xatti-harakatiga hech qanday tushuntirish berilmagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish