Sport | 04:32 / 16.09.2015
2920
2 daqiqa o‘qiladi

Morataning goli "Yuventus"ga "Manchester Siti" ustidan g‘alaba keltirdi, "Sevilya" "Borussiya M"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Chempionlar ligasi D guruhi 1-tur uchrashuvlarida “Manchester Siti” o‘z maydonida o‘tgan mavsum finalchisi “Yuventus”ni qabul qilib, mag‘lubiyatga uchradi, shuningdek, “Sevilya” o‘z maydonida “Borussiya Menxengladbax”ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

“Manchester Siti” o‘z uyida Italiya chempioni “Yuventus”ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda barcha gollarga mehmonlar mualliflik qildi. Dastlab Kellini o‘z darvozasiga to‘p kiritib, mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lib o‘rtasida Manjukich hisobni tenglashtirdi. G‘alaba to‘pini 81-daqiqada Alvaro Morata kiritdi.

Ikkinchi uchrashuvda “Sevilya” o‘z maydonida “Borussiya Menxengladbax”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Gollarga Gameyro, Banega hamda Konoplyanka mualliflik qildi.

Chempionlar ligasi. D guruhi. 1-tur.

Manchester Siti (Manchester, Angliya) – Yuventus (Turin, Italiya) – 1:2

Gollar: Kellini, 57 (1:0, avtogol); Mandjukich, 70 (1:1); Morata, 81 (1:2).

 

Sevilya (Sevilya, Ispaniya) – Borussiya M (Myonxengladbax, Germaniya) – 3:0

Gollar: Gameyro, 47 (1:0, pen); Banega, 66 (2:0, pen); Konoplyanka, 84 (3:0).

Ogohlantirish: Reyyes, 78; N'Zonzi, 89 – Zommer, 49; Brauvers, 49; Shtindl, 52.