Jamiyat | 21:01 / 16.09.2015
2734
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda advokat mijozini aldab yurgani va 500 ming so‘m pora olgani uchun qamaldi

Navoiylik advokat Ibrohim Fayziyev mijozi Eldor Bayonovdan 500 ming so‘m olayotganida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Bayonov ishdan bo‘shatib yuborilgan. Bu harakatni noqonuniy hisoblab, o‘z ishiga tiklanishga erishish uchun Fayziyevga murojaat qilgan.

Fayziyev uzoq muddat mijozini aldab yurgan, amalda esa hech qanday qonuniy ishlarin bajarmagan. Nihoyat, bir kuni u Bayonovdan pul so‘ragan. Mana shunda shubhaga tushgan mijoz tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan.

Fayziyev eng kam ish haqining 65 barobarida jarima to‘lashga hukm qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish