Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu Moskvada Putin bilan Suriyaga qurol-aslaha yetkazib berish masalasini muhokama qiladi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 21 sentabrda Moskvaga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazgani tashrif buyuradi. Muzokaralar mavzusi rossiyalik harbiylarning Suriyadagi tayyorgarliklari bo‘lishi kerak, deb xabar bermoqda Isroildagi hukumat doiralaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
“Bosh vazir Suriyaga zamonaviy qurol-aslahalarning keltirilishi bilan Isroilga solinadigan tahdidlar hamda bunday qurol-aslahalarning Hizbulloh va boshqa terrorchilik guruhlariga berilishi haqida suhbatlashadi”, deb aytdi manba. Uchrashuv bo‘lib o‘tishini Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqladi.
Reuters’ning ma'lum qilishicha, Pentagonda 14 sentabrda Rossiya Suriyaning Latakiya shahridagi aerodromga harbiylar va qurol-aslaha yetkazayotgani haqida gapirildi. Bundan avvalroq agentlik yuqori lavozimli manbalarga iqtibos keltirgan holda Latakiyadagi aerodrom hududida 7 ta T-90 tanki hamrohligidagi Rossiya artilleriyasi qayd qilinganini ma'lum qilgan edi. Suriyaning Rossiyadagi elchisi bu ma'lumotni inkor etgan.