21:30 / 16.09.2015
9235

OAV: nahorgi oshlar ham o‘yin-kulgiga aylanib ketmoqda

To‘y arafasida mahalladoshlarga osh tortish an'anasini o‘zida mujassam etadigan nahogi osh tadbirlari odatda sipo tartibda o‘tadi. Lekin oxirgi vaqtlarda ushbu jarayonni ham o‘yin-kulgi bilan o‘tkazish hollari kuzatilmoqda. “Oila davrasida” gazetasida chop etilgan maqolada aytilishicha, bunday holatlar nahorgi oshning “ma'rifiy”ligiga zarar keltirishi mumkin.

Maqola muallifi o‘z tajribasida bir misol keltiradi: osh chog‘ida doiradastlardan biri zo‘r berib, go‘yo to‘y tantanasida cholayotganday quvnoq sadolar ijro etadi. Bu davrada o‘tirgan keksa insonlarning ko‘pchiligiga yoqmaydi va ular doirachi bilan bahsga kirishib ketadi.

“Biz doiradastlarning jinimiz bor, - deb javob beradi ularga sozanda. – Chalayotganda baxshilarga o‘xshab o‘zimni bilmay qolaman. Kimgadir yoqmasa, tinglamasin”.

“To‘g‘ri, odamlar to‘yga faqat osh yegani kelmaydi, - xulosa qiladi muallif. – Ammo, tan olaylik, bugun faqat shu nahorgi oshdagina ozgina ma'rifiylik saqlanib qolyapti. Agar bu tadbir ham bora-bora nuqul o‘yin-kulgi maydoniga aylansa, to‘ylarimiz o‘z milliy xususiyatini yo‘qotib qo‘ymasmikan?”

Top