O‘zbekiston | 20:16 / 16.09.2015
1837
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Fransiyaning turizm sohasidagi hamkorligi rivojlantiriladi

2015 yilning 17-20 oktabr kunlari O‘zbekistonga Fransiyaning sayyohlik bo‘yicha kasaba uyushmasi Milliy assotsiatsiyasi delegatsiyasi tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda "O‘zbekturizm" MK axborot xizmati xabar beradi.

Tashrifning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi sayyohlik salohiyatining yangi qirralarini ochish va samarali hamkorlik bitimlarini tuzishdan iborat. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu assotsiatsiya bugungi kunda jahonning turli mamlakatlari bilan sayyohlik bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.

18 oktabr kuni Samarqandda assotsiatsiya bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yig‘ilishda O‘zbekiston va Fransiyaning sohadagi hamkorligini rivojlantirish, fransuz turistlari orasida yurtimiz tur salohiyatini yanada kengroq jalb qilish masalalari kelishib olinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish