O‘zbekiston | 10:29 / 16.09.2015
9822
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 1 oktabrdan elektr energiyasi to‘lovi qimmatlashadi

Yoqilg‘i energiya boyliklari tannarxi oshish munosabati bilan «O‘zbekenergo» AJ 2015 yilning 1 oktabridan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma'lum qildi.

Yangi tariflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2015 yil 15 sentabrdagi 19-03-22-05-O‘zR-90-2015 sonli Reyestri asosida o‘rnatilgan.

Oxirgi marta O‘zbekistonda 2015 yilning 15 may kunida elektr energiyasi uchun tariflar ko‘tarilgandi.

Yangi tariflarga ko‘ra, aholiga beriladigan 1 kVt/s elektr energiyasi haqi 155 so‘mdan 167,40 so‘mgacha, elektr plitasi bilan ta'minlangan xonadonlar uchun 77,5 so‘mdan 83,7 so‘mgacha oshishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 1 oktabrdan sovuq suv va issiq suv hamda isitish tizimlari ta'minoti xizmati uchun ham yangilangan tariflar joriy etiladi.

Shuningdek, biroz oldinroq, O‘zbekistonda tabiiy gaz uchun 1 oktabrdan boshlab to‘lovlar oshishi ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish