11:02 / 16.09.2015
1893

O‘zbekistondagi har uchinchi kitob bolalarga bag‘ishlangan

2015 yilning birinchi yarmi davomida O‘zbekistonda 111 yangi nashriyot va 1.5 mingdan oshiq poligrafiya kompaniyalari ro‘yxatga olingan. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.

Respublika nashriyotlari tomonidan yiliga 3 ming nomdagi kitob mahsulotlari bosib chiqariladi, ularning umumiy adadi 45 mln nusxani tashkil qiladi. 50dan ortiq nashriyotlar bolalar adabiyoti bilan shug‘ullanadi.
Aytilishicha, mamlakatda chop etilayotgan kitoblarning uchdan biri bolalarga bag‘ishlanadi.
Bolalar adabiyotini ommalashtirish uchun O‘zbekistonda muntazam ravishda kitob yarmarkalari o‘tkaziladi.

Jumladan, 17-19 sentabr kunlari Toshkentda va barcha viloyat markazlarida “Bolalar kitobi” II Respublika festivali o‘tkaziladi. Unda 200dan ortiq yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Top