Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov Rossiya Asadni hokimiyatdan chetlashtirish haqida taklif berganini rad qildi
Kecha finlyandiyalik diplomat Martti Axtisaari The Guardian nashriga bergan intervyusida 2011 yilda Rossiya Bashar Asadni tinch yo‘l bilan hokimiyatdan chetlashtirishni taklif qilgani, ammo G‘arb davlatlari bunga ko‘nmaganini aytib chiqqan edi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu gaplarni inkor qildi.
“Rossiya rejimlarni o‘zgartirish bilan shug‘ullanmaydi, u odamlarga hokimiyatdan ketishni taklif qilmaydi, Rossiya Suriya ixtilofining avval boshidan faqat mamlakat xalqi demokratik jarayonlar yordamida o‘z kelajagini hal qilishini aytib kelgan”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.