Jahon | 23:13 / 16.09.2015
6292
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kiritish haqidagi farmonni imzoladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kiritish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko o‘zining tvitterdagi blogida ma'lum qildi. 

“Prezident Rossiyaga qarshi sanksiyalarning kiritilishi haqidagi farmonni imzoladi. Yaqin orada hujjat rasmiy saytda paydo bo‘ladi”, deyilmoqda xabarda.

Tsegolko xabarga Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 2 sentabrdagi “Maxsus iqtisodiy va boshqa cheklovchi choralar (sanksiyalarning) qo‘llanishi” haqidagi qarorining amalga kiritilishi aytilgan hujjatning fotosuratini ilova qildi.

Poroshenko Rossiyaga qarshi kiritilgan kengaytirilgan santsiyalar ro‘yxatida 400 dan ortiq jismoniy va 90 ta yuridik shaxs nomi keltirilganini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish