Sport | 02:50 / 16.09.2015
4285
2 daqiqa o‘qiladi

"Real" "Shaxtyor" ustidan yirik g‘alabaga erishdi, Di Mariyaning goli "PSJ"ga "Malmyo" ustidan g‘alaba keltirdi

Chempionlar ligasi A guruhi 1-tur uchrashuvlarida “Real Madrid” o‘z uyida “Shaxtyor” ustidan 4:0 hisobida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, “PSJ” “Malmyo”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Madridliklar” tarkibida Ronaldu o‘z hisobiga xet-trik yana bir golni Karim Benzema kiritishga muvaffaq bo‘ldi. “Shaxter” jamoasi 50-daqiqada Stepanenkoning maydondan chetlatilishi sababli uchrashuvni bir kishi kam bo‘lib yakunladi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida “PSJ”ning yangi futbolchi argentinalik Anxel Di Mariya o‘yinning 4-daqiqasida hisobni ochib berdi. Ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida Kavani hisobdagi farqni 2taga yetkazdi.

Chempionlar ligasi. A guruhi. 1-tur.

Real Madrid (Madrid, Ispaniya) – Shaxtyor (Donetsk, Ukraina) – 4:0

Gollar: Benzema, 30 (1:0); Ronaldu, 55 (2:0, pen); Ronaldu, 63 (3:0, pen); Ronaldu, 81 (4:0).

Ogohlantirish: yo‘q – Stepanenko, 32; Srna, 55; Kucher, 75; Malyshev, 80.

Chetlatish: yo‘q – Stepanenko, 50.

PSJ (Parij, Fransiya) – Malmyo (Malmyo, Shvetsiya) – 2:0

Gollar: Di Mariya, 4 (1:0); Kavani, 61 (2:0).

Ogohlantirish: Verratti, 65; David Luis, 71 – Adu, 57; Bengtsson, 64.