Jahon | 09:14 / 16.09.2015
1841
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin AQShga tashrifi doirasida BMT bosh qarorgohida bo‘ladi

XXR raisi Si Tszinpin Qo‘shma Shtatlarga tashrifi doirasida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohiga boradi, deya xabar berdi malakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

XXR TIV vakili Lu Kanning so‘zlariga ko‘ra, tashrif 22-25 sentabr kunlari AQSh prezidenti Barak Obama taklifi bilan bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan birga, Si Tszinpin 26-28 sentabr kunlari BMT tashkil etilganining 70 yilligiga bag‘ishlangan marosimlarda ishtirok etadi.

Biroz oldinroq, Si Tszinpin 25 sentabr kuni Vashingtonga xizmat safari bilan borishi ma'lum qilingvndi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish