22:45 / 16.09.2015
2814

Surxondaryolik qallob chet elda 20 nafar qishloqdoshini ishlatib, ularning 135 mln so‘mlik ish haqini o‘zlashtirdi

Surxondaryolik qallob chet elda 20 nafar qishloqdoshini ishlatib, ularning 135 mln so‘mlik ish haqini o‘zlashtirdi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi Aliboy Ko‘chimov uzoq yillar Rossiyada ishlab, ko‘plab tanishlar orttirib, yurtiga qaytgan. Bu yerda u 3 nafar yigitni “yollab”, Qozonga olib ketgan va bir oy mobaynida ishlatib, ularning ishi evaziga buyurtmachilardan 8 mln so‘mdan ortiq pul olgan, lekin ishchilarga pul bermagan.

Bundan tashqari, u qishloqdoshi Komil Oqboyevni o‘ziga sherik qilib, uni Surxondaryodan Qozonga 17 ishchi olib kelishga ko‘ndirgan. Bu ishchilarni ham bir necha oy mobaynida ishlatib, ularga ish haqlarini bermagan.

O‘zbekistonga qaytib kelgan yigitlar tegishli idoralarga arz qilgach, Aliboy Ko‘chimovning ishlari fosh bo‘lgan. Sud jarayonida aniqlanishicha, u 20 nafar insonga jami 135.2 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan ekan.

Firibgar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top