Jahon | 08:55 / 16.09.2015
7470
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya muxolifati: Rossiya Asadga yordam berishining sababi – u kuchini yo‘qotmoqda

Bashar Asad rejimi Suriyaning 18 foizidan kamroq hududini o‘z nazorati ostida ushlab turibdi, shu bois Rossiya o‘z “yoqimtoy”iga yordam ko‘rsatishga qaror qildi.

Asad ayni paytda Rossiyaning mintaqadagi ta'sirini saqlab turuvchi kuch ham hisoblanadi. Bu fikrlar “Damashq deklaratsiyasi” partiyasi vakili, muxolif Suriya milliy kengashi vakili Mahmud al-Hamza tomonidan aytib o‘tildi.
“Suriyaning 18 foizidan kamroq hududi Asad nazorati ostida turibdi. Qolgani Eron harbiylari va Livanning “Hizbullo” partiyasi nazorati ostida turibdi.

O‘ylashimcha, Rossiya Asad hokimiyatiga har qanday lahzada chek qo‘yilishi mumkinligini tushundi, bunda esa u Suriyaga ta'sirini yo‘qotadi. Agar Damashq qulasa, Asadni Lataqiyada qabul qilish mumkin bo‘ladi. Shu bois u yerda harbiy bazalar yaratilmoqda, rossiyalik harbiy maslahatchilar va Rossiya harbiy texnikasi u yerga yo‘llanmoqda. Hali hammasi oldinda”, - uning so‘zlarini keltiradi Baltkom nashri.

Al-Hamzaning ishontirib aytishicha, AQShning muxolifatga ko‘rsatayotgan yordami Rossiyaning Bashar Asadga berayotgan yordamidan kamroqdir: “Rostini aytsam, Obama Suriya muxolifatiga juda kam yordam ko‘rsatmoqda. Shu bois Rossiya Suriyaga nisbatan mustahkam pozitsiyada turibdi.

Afsuski, Suriya ozod armiyasi kuchliligida, Asadni yiqita oladigan paytida AQSh tanklarga va havo hujumiga qarshi raketalar yetkazishni boykot qildi”.
2011 yili boshlangan ixtilof oqibatida, BMTning hisob-kitobiga ko‘ra, Suriyada 220 ming kishi halok bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish