Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ta'sirni his qiladigan protez yaratildi
AQShning Mudofaa vazirligining qurolli kuchlarda foydalanish uchun yangi texnologiyalarning ishlab chiqilishi uchun javob beruvchi DARPA agentligi his qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan protezni klinik sinovdan o‘tkazdi.
28 yoshli falajlangan erkakka bosh miyaning sezuvchi qobig‘i va proyektsion qobig‘iga elektrodlar to‘plami kiritildi. Bu elektrodlar mos ravishda tegishni sezish va tana harakati uchun javob beradi. Mohiyatan, erkak odamlarning tegishini sezishi va qo‘lini harakatlantirishi mumkin.
Sinov paytida erkakning ko‘zini yumib, uning qo‘liga tegilganda, u tegilgan joyni 100 foiz aniqlik bilan aniqlay olgan. Bir vaqtning o‘zida ikkita joyga tegilganda erkak buni ham sezgan.
Avvalroq olimlar haqiqiy oyoq kabi sirt bo‘ylab yurishni sezuvchi oyoq protezi yaratishgan edi.