Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston milliy valyuta uchun ramz o‘ylab topadi
Tojikiston milliy banki mahalliy valyuta – somoniyning xalqaro belgisini yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, somoniyning xalqaro ramzi loyihalari muayyan talablarga mos bo‘lishi lozim. Xususan, belgi valyutani ifodalashi, tojiklarning qadimiy tarixiy merosini ko‘rsatib berishi, milliy o‘ziga xoslikka va ayni paytda biror yangilikka ega bo‘lishi lozim.
Aytilishicha, tanlovda g‘olib bo‘lgan muallif o‘z ishi uchun qancha haq olishni istasa, o‘shancha miqdorda mukofot so‘rashga haqli bo‘ladi.
Loyihalar 30 sentabrga qadar qabul qilinadi.