Jahon | 06:32 / 16.09.2015
2359
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumati: 160 dan ortiq odam “IShID” bilan aloqadorlikda ayblanmoqda

Turkiya hukumati umumiy hisobda “IShID” terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda ayblangan 165 kishini hibsga oldi, deb aytdi Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin.   

Turkiya xavfsizlik nuqtai  nazaridan Eron bilan uchta nazorat-o‘tkazish punktini yopib qo‘ydi.

“Turkiya “IShID”ga qarshi kurashni davom ettirmoqda, biz “IShID”ning Suriyadagi pozitsiyalariga aviazarbalar bermoqdamiz va chegarada xavfsizlik hududlarini yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqdamiz. Terrorchilik guruhi bilan aloqasi bo‘lgan 20 mingdan ko‘proq odamga Turkiyaga kirish man qilib qo‘yilgan. 500 ga yaqin odam ushlangan va 165 kishi “IShID” bilan aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan”, deb aytdi Qalin Anqarada bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida.    

Qalin Suriyadagi “IShID” safiga qo‘shilgan xorijiy jangarilar uchun javobgarlikni faqatgina Turkiya zimmasiga qo‘yib bo‘lmasligini, chunki u har doim ham boshqa davlatlar hukumatlaridan guruh bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan ularning fuqarolari haqida ma'lumot olmasligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.   

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish