Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada jangarilar bosqini natijasida uch politsiyachi halok bo‘ldi
Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP) jangarilari 16 sentabrga o‘tar kechasi Turkiya sharqida politsiya zirhlangan transportini portlatib yubordi. “Xaber Turk” telekanalining chorshanba, 16 sentabrda ma'lum qilishicha, hodisa natijasida uch nafar huquq posboni halok bo‘lgan, biri og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Bosqinchilik hujumi Mardin provinsiyasidagi Suriya bilan chegaradosh Nusaybin uyezdida sodir bo‘lgan. Jangarilar politsiya mashinasi o‘tayotgan yo‘l qoplamasi ostiga bekitilgan portlovchi uskunani masofadan turib ishga tushirib, voqea joyidan yashirinishga ulgurishgan. Ayni paytda politsiya bosqinchilarni qidirish va yo‘q qilish amaliyotini olib bormoqda.
Shuningdek, Siirt provinsiyasida Xakkyaridan shimolda harbiylar bilan bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda uch nafar Kurdiston Ishchilar partiyasi jangarisi yo‘q qilingan. Jangarilar qishloq tumani chegarasida joylashgan kichik harbiy bazaga hujum uyushtirgan. Otishma jarayonida olti jangari o‘ldirilgan bo‘lsa, yana uch nafari qishloq yaqinida yo‘q qilingan.
Turkiya shimoli-sharqidagi Erzurum provinsiyasida esa politsiya maxsus qismi tekshirish uchun to‘xtash haqidagi ko‘rsatmaga amal qilmagan jangarilar bilan kurash olib bordi. Natijada uch KIP jangarisi otib o‘ldirildi. Ularning mashinasi tekshirilganda, 8 miltiq, to‘pponcha, granatomyot, sochma o‘q otuvchi miltiq va to‘rtta qo‘l granatasi topildi.