Sport | 20:07 / 16.09.2015
2253
1 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov hakam bilan yomon muomilada bo‘lgani uchun 60 ming rubl miqdoridagi jarimaga tortildi

Moskvaning “Lokomotiv” klubi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiya Futbol Ittifoqi tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan jarimaga tortildi. Bu haqda jurnalistlarga qo‘mita boshlig‘i Artur Grigoryants ma'lum qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Denisovni “Rubin”ga qarshi o‘yinda hakamni haqorat qilgani uchun tartib-intizom qo‘mitasi jazoladi va unga 60 ming rubllik jarima belgilandi.

Ta'kidlab o‘tish kerakki, Denisov Rossiya chempionati 8-tur uchrashuvi doirasida “Rubin”ga qarshi kechgan o‘yinda hakamning xatosi tufayli o‘zgartirish amalga oshirilishi natijasida vaqt mezbonlar foydasiga ishlagani uchun hakamga jiddiy ohangda e'tiroz bildirgandi. O‘sha o‘yin "Rubin"ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish