Texnologiya | 00:41 / 16.09.2015
2089
2 daqiqa o‘qiladi

YotaPhone smartfoni Xitoyda ZTE fabrikasida ishlab chiqarila boshlanadi

Rossiyaning Yota Devices kompaniyasi YotaPhone smartfonini Xitoyning ZTE kompaniyasi fabrikasida ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda “Kommersant'” nashri.

Yota Devices bunday qadamni qabul qilishga Singapurning Hi-P fabrikasi bilan yuzaga kelgan muammo sababli majbur bo‘ldi.

“Bu fabrika bizning sifat standartlarimizga va mijozlarning yetkazib berishlar aniqligi va tezligi talablariga javob bermaydi. Shuningdek, Hi-P bilan bizning raqobatchilarimiz bilan raqobatlasha oladigan telefonlarning tannarxi darajasiga erishib bo‘lmadi”, deb aytmoqda Yota Devices bosh direktori Vladislav Martinov.

Ishlab chiqarishning ko‘chirilishi 30 foizga oshib, deyarli 40 ming rublga yetgan YotaPhone narxini arzonlashtirishga imkon beradi. Bunda ZTE kompaniyasi smartfonning yangi modelining prototipini ishlab chiqishga yordam berishi hamda uni ommaviy ravishda ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanishi kerak bo‘ladi. Kompaniyaning yangi modeli 2016 yilning 1-choragida taqdim qilinishi rejalashtirilgan, smartfonlarning ilk partiyasi 100 ming donani tashkil qilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish