11:17 / 17.09.2015
3781

AQSh: Rossiya IShIDga qarshi kurashga butun e'tiborini qaratganidagina u bilan hamkorlik qilishimiz mumkin

AQSh hukumatining ta'kidlashicha, ikki davlat harbiy kuchlarining hamkorligi imkoniyati faqatgina Rossiya butun diqqatini IShIDga qarshi kurashga qaratganida tug‘iladi. Bu haqda Davlat departamenti vakili Mark Toner bayonot berdi.

“Davlat kotibining qayd qilib o‘tishicha, Rossiya darhaqiqat bor e'tiborini IShIDga qaratsa, u bilan hamkorlik qilish imkoni bo‘ladi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Toner, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida Suriya masalasida dialog o‘rnatilishining muhimligini yana bir bor ta'kidlab o‘tdi.

Top