21:27 / 17.09.2015
2584

AQShda restoran xodimi politsiyachilarga xizmat qilishni istamagani uchun ishdan haydaldi

AQShda tez tayyor bo‘luvchi taomlar taklif etuvchi Whataburger restorani xodimi 2 nafar politsiyachiga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgani tufayli ishdan bo‘shatildi. Bu haqda New York Daily News xabar yozgan.

Politsiyachilardan biri Maykl Magovernning aytishicha, ular restoranga kirib o‘tirishlari bilanoq, buyurtma berishga ulgurmaslaridan xodimlardan biri kelib, "Bizda politsiyachilarga xizmat ko‘rsatilmaydi", degan.

Ikkinchi politsiyachi Uemeron Bekxem bu gapni eshitganida quloqlariga ishonmay turgan.

Avvaliga politsiyachilar bu xodimning hazillashayotganini taxmin qilishgan. Lekin u indamasdan ularning oldidan ketgan.

"Bilasizmi, men 17 yil o‘t o‘chirish xizmatida ishlaganman. 13 yildan buyon politsiya ofitseriman, lekin menga nisbatan bunday munosabatda bo‘lishmagandi", deydi Magovern.

O‘z navbatida Whataburger restoranidagilar ushbu noqulaylik uchun mijozlardan uzr so‘rashgan va odobsiz xodimning ishdan bo‘shatib yuborilganini ma'lum qilishgan.

Top