Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada tyulen kitning tanasidan syorfing maqsadida foydalandi
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatining Tinch okeani qirg‘og‘ida bir tyulen norli kit ustida o‘ziga xos chang‘i uchishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar berdi.
Bu holat fotograf Robin Malkolm tomonidan obektivda qayd qilindi. U suratni internetga joylashtirdi.
Aytilishicha, fotograf qirg‘oqda ko‘plab suratlar ishlagan. Uyga kelganda esa kitning ustida ketayotgan tyulenni ham suratga olganini ko‘rgan.
Ekspert Jyeff Rossning ta'kidlashicha, bunday holat juda kam kuzatiladi.
“Men nahanglardan qutulish uchun kitning ustiga chiqib olgan tyulen haqida bir martagina eshitganman”, - dedi u.