Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:32 / 17.09.2015
2737
1 daqiqa o‘qiladi
Bag‘dodda sodir etilgan 2 terakt oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
Iroq poytaxti Bag‘dodda sodir etilgan 2 portlash oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi va 69 kishi jarohat oldi. Bu haqda Al Sumaria kanali xabar bermoqda.
“Ikki terrorchi bugun ertalab Bag‘dod markazidagi al-Bob ash-Sharqiy tumanida joylashgan Granada maydonida “o‘limchilar kamari”da o‘zlarini portlatib yuborishdi”, - dedi kanalga axborot bergan huquq-tartibot xodimi.
Ikkinchi portlash al-Vasba maydonida sodir etildi. Ayni paytda terakt o‘rinlari politsiya tomonidan o‘rab olingan.