Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning Suriyadagi doimiy vakili: AQSh Rossiya va Damashqdan farqli ravishda, IShID bilan kurash olib bormayapti
AQSh Rossiya va Suriyadan farqli ravishda, o‘z harbiy kampaniyasini mamlakat ichki ishlariga aralashish uchun bahona sifatida qo‘llab, IShID jangarilariga qarshi jiddiy kurash olib bormayapti. Bu haqda TASS muxbiriga BMTning Suriya Arab Respublikasidagi doimiy vakili Bashar Jaafari ma'lum qildi.
“Nazariy jihatdan olib qaraganda, barchamiz bitta dushmanga qarshi kurash olib borayapmiz. Biroq haqiqatda bunday emas, – dedi diplomat. – Faqatgina Suriya armiyasi, ruslar va bizning boshqa do‘stlarimiz terroristlarga qarshi, ular xoh IShID, xoh “An-Nusra” yoki boshqa har qandayi bo‘lsin, haqiqatdan ham kurash olib bormoqda”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni “IShIDdan Suriya ichki ishlariga aralashish uchun vosita o‘rnida foydalanmoqda”, shuningdek, terroristlar yordamida “Suriya hukumatini kuchsizlantirish, qoralash va Suriya prezidentini badnom qilish”ga harakat qilmoqda.
“Agarda ularning harakatiga jiddiy e'tibor qaratilsa, ular strategiyasi “DAISh” (IShIDning arabcha nomlanishi)ga qarshi kurash olib borishga asoslanmagan”, deya ishonch bildirdi Bashar Jaafari.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, AQSh haqiqatdan ham IShIDga qarshi kurashmoqchi bo‘lsa, Suriya armiyasi bilan birlashishi kerak.