Jahon | 19:29 / 17.09.2015
2573
1 daqiqa o‘qiladi

Burkina-Faso harbiylari prezidentni qo‘yib yuborishga va'da berdi

Burkina-Faso harbiy hukumati tomonidan ta'sis etilgan Milliy demokratiya kengashi yetakchisi, brigada generali Jilber Dendre o‘tish davri prezidenti, hibsda tutib turilgan Mishel Kafando va sobiq hukumat a'zolari yaqinda qo‘yib yuborilishini ma'lum qildi.

Jeune Afrique portalining xabar berishicha, Dendre hokimiyatning harbiylar tomonidan egallanishini saylovlar oldidan xavfsizlik masalasi keskinlashib ketgani bilan tushuntirdi.

Ayni paytda mamlakatda favqulodda vaziyat e'lon qilingan, chegaralar yopilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish