15:15 / 17.09.2015
3426

Bush 10 dollarlik kupyuraga Margaret Tetcher qiyofasini muhrlashni taklif qildi

AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzod, sobiq prezident Jorj Bush Kichkinaning akasi Jyeb Bush boshqa nomzodlar bilan teledebatlar chog‘ida 10 dollarlik kupyuraga Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri, Margaret “Temir xonim” Tetcherning rasmini joylashtirishni taklif qildi.

Shu bilan birga, Bush Tetcher xonimning amerikalik bo‘lmagani bois bunday harakat qonunga zid kelishini ham o‘zi eslatib o‘tdi.
“Oq Uyda bizga kuchli yetakchi kerak, Tetcher kuchli yetakchi edi, u Buyuk Britaniyani taraqqiyotga olib keldi”, - dedi Bush.
O‘z navbatida, Ogayo shtati senatori Jon Kasich banknotaga Tereza ona rasmini qo‘yishni taklif qildi. Yana ikki ishtirokchining tanlovi huquq himoyachisi Roza Parksda to‘xtadi.

Ilgariroq yana bir nomzod Hillari Klinton 20 dollarlik banknotaga ayol kishining qiyofasini muhrlash borasidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan edi.

Top