Sport | 02:14 / 17.09.2015
2410
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi, G guruhi: Kiyevning «Dinamo»si va «Portu» durang o‘ynadi, «Chelsi» «Makkabi»ni tor-mor etdi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining G guruhi vakili Kiyevning “Dinamo” klubi guruh bosqichining 1-turida o‘z maydonida Portuning “Portu” klubi bilan 2:2 hisobida durang natija qayd qildi.

Kiyevliklar safida gollarni Oleg Gusev va Vitaliy Buylyanskiy kiritdilar. Mehmonlar safida Vensan Abubakar dubl qayd qildi.

Chempionlar Ligasi. G guruhi. 1- tur
Dinamo Kiyev – Portu – 2:2
Gollar: Gusev, 20 (1:0); Abubakar, 23 (1:1); Abubakar, 81 (1:2); Buyalskiy, 89 (2:2).

 

G guruhining 2-uchrashuvida Londonning “Chelsi” klubi o‘z maydonida Tel-Avivning “Makkabi”sini 4:0 hisobida tor-mor etdi. Gollarni Villian, Oskar, Fabregas va Diyego Kosta kiritdilar. Villian uchrashuvning 1-bo‘limida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Chelsi – Makkabi – 4:0
Gollar: Villian, 15 (1:0); Oskar, 45+4 (2:0, pen); Kosta, 58 (3:0); Fabregas, 78 (4:0).
Amalga oshirilmagan penalti: Azar, 6 (Chelsi)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish