Sport | 02:50 / 17.09.2015
2646
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi, N guruhi: “Zenit” musobaqadagi ishtirokini “Valensiya” ustidan g‘alaba bilan boshladi, “Gent” va “Lion” durang o‘ynashdi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turida mehmonda “Mestalya” stadionida mezbon klub “Valensiya”ni 2:3 hisobida mag‘lub etdi. 

Peterburgliklar safida to‘plarni Xalk va Vitsel kiritdi. Xalk dubl qayd etdi. Mezbonlar safida gollarga Kanselu va Gomesh mualliflik qildi.

Chempionlar Ligasi. H guruhi. 1-tur
Valensiya (Valensiya, Ispaniya) – Zenit (Sankt-Peterburg, Rossiya) – 2:3
Gollar: Xalk, 9 (0:1); Xalk, 44 (0:2); Kanselu, 55 (1:2); Gomesh, 73 (2:2); Vitsel, 76 (2:3).

 

N guruhining 2-uchrashuvida “Gent” va “Lion” 1:1 hisobida natijali durang qayd qilishdi.

Gent (Gent, Belgiya) – Lion (Lion, Fransiya) – 1:1
Gollar: Jalle, 58 (0:1); Milichevich, 68 (1:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Lakazett, 88 (Lion)
Chetlatish: Dejagere, 41; Foke, 88 (Gent).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish