Jahon | 10:42 / 17.09.2015
1878
1 daqiqa o‘qiladi

Chili prezidenti zilzila oqibatida uch kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

Chili prezidenti Mishel Bashelet mamlakat qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan magnitudasi 8,3 ballni tashkil etuvchi yer silkinishi va uning qaytalanishi natijasida 3 kishining halok bo‘lganini tasdiqladi, deya xabar bermoqda Fox News.

“Biz yana bir marta tabiatning qattiq zarbasiga duch keldik. Afsuski, ayni paytda uch kishining halok bo‘lgani haqida xabar oldik”, – dedi prezident.

Bashelet tez orada tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududga jo‘nashini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, evakuatsiya qilingan kishilarni mutaxassislar vaziyatni baholamagunlariga qadar xavfsiz hududlarda kutib turishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, ushbu zilzila so‘nggi besh yil ichidagi eng kuchlisi bo‘ldi. Avvalroq esa yer silkinishlari natijasida vujudga kelgan 4,5 metrli to‘lqinlar Chili sohillariga qadar yetib kelgani xabar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish