Jamiyat | 12:45 / 17.09.2015
5042
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onaning Qorajiyda qishlog‘ida uch ming kishiga ikki ming velosiped to‘g‘ri keladi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Qorajiyda qishlog‘ining uch ming fuqarosidan ikki ming nafari — velosiped haydovchilari hisoblanadi.

Mazkur qishloqda viloyatdagi ilk velohavaskorlar klubi tashkil etilgan. Klub a'zolari — 10 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan kishilardir. Ularga O‘zbekiston xalq ta'limi a'lochisi T.Abduraimov — Farg‘ona vodiysi bo‘yicha velomarafon g‘olibi yetakchilik qiladi.

Qishloqda 30 nafardan ziyod O‘zbekiston sport ustalari va ustalikka nomzodlar istiqomat qiladi. “Pravda Vostok” nashrining xabar berishicha, bu yerda mustaqillikning 24 yilligi munosabati bilan velosipedlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazi ochildi.

Avvalroq mazkur viloyatning 65 yoshli vakili Akram Ma'rufjonov (suratda) 2018 yili Rossiyada o‘tkaziluvchi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga velosipedda borishga qaror qilgani to‘g‘risida xabar qilingan edi. Bunga qadar u 1995 yili velosipedda Makka shahriga (Saudiya Arabistoni) haj amalini bajarish uchun borgan edi. 2006 yil yozida Ma'rufjonov Germaniyaga qadar velosipedda borib, nemis terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” jamoasi darvozaboni Oliver Kan bilan uchrashib, unga esdalik sovg‘alarini taqdim etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish