Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:30 / 17.09.2015
2643
1 daqiqa o‘qiladi
Futbol tarixida ilk marta inglizlarning 3ta jamoasi YeChLning 1-turida mag‘lubiyat qayd etdi
16 sentabr oqshomida "Arsenal" YeChL birinchi turi doirasida Zagrebning "Dinamo" jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
15 sentabr kuni o‘z guruhlarida "Manchester Siti" "Yuventus"dan 1:2 hisobida, "Manchester Yunayted" esa "PSV"dan xuddi shu hisobda yengilgandi.
Bu orqali futbol tarixida ilk marta inglizlarning birdaniga 3ta jamoasi YeChLning birinchi turidayoq mag‘lubiyatlar qayd etdi
APL jamoalaridan faqatgina "Chelsi" o‘z o‘yinida g‘alaba qozondi. Londonliklar Isroilning "Makkabi" jamoasini 4:0 hisobida yengdi.