Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada yo‘lovchi poyezdi o‘tish yo‘lida turgan ulama avtobusga borib urildi
Germaniyaning Gamburg shahri shimolida ikki qavatli yo‘lovchi poyezdi to‘xtashga ulgurmasdan, o‘tish yo‘lida turgan avtobusga borib urildi, deya xabar bermoqda International Business Times.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, avtobusning 23 yoshli haydovchisi bo‘lgan qiz 60 nafar maktab o‘quvchisi ketayotgan ulama avtobus eshiklarini ochib, o‘quvchilarni evakuatsiya qilishga ulgurgan.
Hodisa natijasida faqatgina poyezdning bir yo‘lovchisi tan jarohati olgan. Maktab o‘quvchilari esa boshqa avtobusda manziliga yetkazilgan.
O‘quvchilardan birining aytishicha, garchi uning o‘zi ham qattiq qo‘rqqan bo‘lsa-da, yosh haydovchining harakati tufayli jiddiy oqibatlarning oldi olingan.
Ko‘rilgan zarar miqdori taxminan 300 ming yevroni tashkil etadi.