Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi qochqinlar soni bir kunda ikki barobarga oshib ketdi
Germaniyadagi qochqinlarning umumiy miqdori bir sutkada ikki barobarga oshib ketdi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi federal politsiyadagi manbaga tayangan holda.
“O‘tgan kun davomida federal politsiya butun Germaniya bo‘ylab 7 266 kishini qabul qildi. Ulardan 7 049 nafari Avstriya-Germaniya chegarasi orqali o‘tib keldi. Ayni paytda bu asosiy yo‘nalish bo‘lib, bizning bosh kuchlarimiz o‘sha yerga tashlangan", — dedi politsiya xodimi.
Chorshanba kuni politsiya bir kun oldin chegaradan 3 400 qochqin o‘tib kelganini ma'lum qilgan edi. Ular asosan Suriya, Iroq va Afg‘oniston fuqarolaridir.